Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonda prezident korteji ishtirokidagi YTHda halok bo‘lgan shaxs Sadir Japarovning shifokori bo‘lib chiqdi
6.06.2021 16:04,  
276

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning korteji bilan sodir bo‘lgan avtohalokatda davlat rahbarini davolovchi shifokor halok bo‘lgan. Bu haqda «Daryo» nashri xabar berdi.

Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish vaziri Alimqodir Beyshenaliyevning so‘zlariga ko‘ra, vafot etgan shifokor Ilgiz Usubaliyev 37 yoshda edi.

Ilgari u Bishkek Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markazida ortoped-travmatolog bo‘lib ishlagan, olti yil operatsiya bilan shug‘ullangan, keyin Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining to‘qqizinchi bo‘limiga ishga o‘tgan, oxirgi lavozimi — Sodir Japarovning davolovchi shifokori bo‘lgan.

«Mast haydovchi katta tezlikda paydo bo‘ldi, ichida prezident bo‘lgan birinchi mashina undan o‘tib ketishga ulgurdi, ikkinchi mashina ham qochishga urindi, ammo uddalay olmadi, zarba uning orqa g‘ildiragiga tegdi, oqibatda mashina ko‘p marta dumalab ketdi. Usubaliyev yashab ketishga imkon bermaydigan jarohatlar olgani ma’lum bo‘ldi», — dedi Beyshenaliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YTHda jabrlangan yana uch kishi Bishkek Travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markazining neyrotravma bo‘limiga olib kelingan, ulardan biri yakshanba kuni, ikkinchisi esa dushanba kuni operatsiya qilinadi.

Ma’lum bo‘lishicha, marhumning rafiqasi va uch farzandi bor.

«Sog‘liqni saqlash vazirligi dafn marosimini o‘tkazishda har tomonlama yordam ko‘rsatdi. Marhumning oilasi harbiy xizmatchi vafot etganida talab qilinadigan barcha imtiyozlarni oladi», — deb qo‘shimcha qildi sog‘liqni saqlash vaziri.

Eslatib o‘tamiz, Sadir Japarovning kortejidagi mashinalar 4 iyun kuni Issiqko‘l dengizi hududida YTH ishtirokchilariga aylangandi. Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati YTHga noma’lum shaxs boshqaruvidagi yengil avtomobilning tartibsiz harakatlana boshlagani va katta tezlikda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, kortejdagi mashinalardan biriga urilgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

Japarovning o‘ziga avtohalokat oqibatida zarar yetmagan. U voqea yuzaga kelgan vaqtda boshqa bir avtomobil ichida bo‘lgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан