Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonda prezident va parlament saylovlari bahorga qoldirildi
23.10.2020 13:22,  
236

Qirg‘izistonda prezident va Jogorku Kenesh deputatligiga saylovlarni o‘tkazish muddati qoldiridi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston nashri xabar bermoqda.

Qirg‘iziston prezidenti vazifasini bajaruvchi Sadir Japarov mamlakatda parlament saylovlarini 2021 yil bahoriga - saylov tizimini isloh qilish tugaydigan vaqtga qoldirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi.

"Bizning qonun loyihamiz Konstitutsiyaga zid emas. Ekspertiza o‘tkazildi, hammasi qonun hujjatlariga muvofiq. Sizdan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlashingizni so‘rayman, bu ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga yordam beradi", - dedi Japarov.

Prezident v.b. matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hujjatni qabul qilish zarurati qator holatlar, shuningdek, mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyat tomonidan belgilanadi.

Jogorku Kenesh deputatlari saylovi sanalari Qirg‘iziston qonunchiligiga muvofiq konstitutsiyaviy islohotdan keyin, ammo 2021 yil 1 iyundan kechiktirmay belgilanadi.

Avvalroq Qirg‘izistonda prezident saylovlari 2021 yil 17 yanvarda, parlament saylovlari esa 20 dekabrda bo‘lib o‘tishi haqida xabar berilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан