Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonda Rossiya elchixonasida bomba borligini aytgan ayol qo‘lga olindi
9.03.2020 17:30,  
196

Qirg‘izistonda maxsus xizmatlar Rossiya elchixonasining konsullik qismida bomba borligi haqida xabar bergan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda RIA Novosti mamlakatning Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi (DMXQ) matbuot xizmatiga asoslanib xabar berdi.

Rossiya elchixonasida "bomba joylanganligi" haqidagi signal 6 mart kuni kelgan. Voqea joyiga kelgan mutaxassislar hududni ko‘zdan kechirib, diplomatik vakolatxona xodimlarini evakuatsiya qilgan, ammo hech narsa topa olmagan.

Shundan so‘ng ular noma’lum signal manbasini izlay boshlagan va bezorilik niyatida anonim xabarni 1974 yilda tug‘ilgan Qirg‘iziston fuqarosi yuborganligi aniqlangan.

Ayni paytda unga nisbatan terrorchilik akti to‘g‘risida yolg‘on xabar berganlik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Ayol 5 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан