Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy maqomini bekor qilish taklif etildi
26.11.2020 20:45,  
136

Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, qirg‘iz tili davlat tili hisoblanadi, rasmiy til sifatida esa rus tilidan foydalaniladi. 

Qirg‘iziston konstitutsion kengashi a’zosi Sadirdin Toraliyev mamlakatda rus tilining rasmiy maqomini bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

“Konstitutsiyada davlat tili sifatida faqat qirg‘iz tilini qoldirishni taklif qilaman. Boshqa tillar bo‘yicha alohida qonunlar qabul qilish zarur. Yoshlar qirg‘iz tilida gapirmay qo‘ydi, chunki bunga ehtiyoj yo‘q, bunday bo‘lmasligi kerak”, – dedi Toraliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda qirg‘iz tilini o‘rganish uchun sharoitlar yaratish zarur.

“O‘z tilimizni yo‘qotib qo‘yishimiz mumkin”, – dedi u.

Mamlakat konstitutsiyasiga ko‘ra, qirg‘iz tili davlat tili hisoblanadi, rasmiy til sifatida esa rus tilidan foydalaniladi. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан