Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy maqomi saqlab qolinadi?

Qirg‘izistonda rus tilining rasmiy maqomi saqlab qolinadi?

Qirg‘iziston rus tilini o‘zining rasmiy maqomi sifatida saqlab qoladi. Bu haqida mamlakatdagi prezident saylovlarida g‘olib chiqqan Sadir Japarov "Rossiya 24" telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi"- deya xabar bermoqda Human.uz

"Rus tili rasmiy maqomga ega edi va bundan keyin ham rasmiy maqomga ega bo‘ladi", dedi u.
Japarov SSSR qulaganidan keyin Rossiya va Qirg‘iziston o‘zlarining ittifoqchilari va yaqin sheriklari bo‘lib qolishganini esladi, shuning uchun mamlakatlar o‘rtasida "birodarlik" munosabatlari saqlanib qoldi.

Saylangan davlat rahbari kelajakda Moskva va Bishkek yuqori diplomatik aloqalarga ega bo‘lishiga ishontirdi. U Rossiyani Qirg‘izistonning asosiy ittifoqchisi va sherigi deb atadi.

Ma’lumot uchun,10 yanvar kuni Qirg‘izistonda prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi va unda Japarov 79,28% ovoz bilan birinchi o‘rinni egallagan edi.