Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonda uranni qayta ishlash va tashish taqiqlandi
16.12.2019 15:32,  
233

Qirg‘iziston Prezidenti Sooronbay Jeenbekov mamlakatda uran qayta ishlash va boyitishni taqiqlovchi qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmatiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda.

Prezident apparati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu qonun aholining salomatligini va atrof muhitni himoya qilish, shuningdek radiatsion xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Qonunda mamlakat hududida uran konlarini qidirish, ushbu moddalarni qayta ishlash va xom ashyo va chiqindilarini olib o‘tish ta’qiqlangani qayd etilgan.

Fergana agency

Shu yilning mart-aprel oylarida “YurAziya” kompaniyasi tomonidan Issiq ko‘l atrofida uranni qayta ishlash harakatlarini olib borishiga qarshi mitinglar bo‘lib o‘tgan edi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali 20 mingdan ortiq imzolar yig‘ilib, petitsiya imzolangan.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil sentyabrda Rossiya va O‘zbekiston hukumat rahbarlari Dmitriy Medvedev va Abdulla Aripov O‘zbekiston hududida AES qurish bo‘yicha hamkorlik qilishni ko‘zda tutuvchi shartnomani imzolagan, unga ko‘ra Rosatom “3+” xavfsizlik darajasiga ega, VVER-1200 reaktorli, ikki energoblokdan iborat majmua qurishi rejalashtirilgan.

Avvalroq, Rosatom rahbari Aleksey Lixachyov O‘zbekistonda Atom elektr stansiyasi qurish haqidagi barcha masalalar 2019 yil oxirigacha hal bo‘lishini aytgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан