Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistondagi prezidentlik saylovida kim g‘alaba qozongani aniq
11.01.2021 12:18,  
670

10 yanvar kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldin prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu kunda mamlakat boshqaruvida prezidentlik yoki parlamentni tanlash bo‘yicha referendum o‘tkazildi. Saylov natijalariga ko‘ra, Sadir Japarov Bishkekda 80 % ovoz to‘plab, Qirg‘izistondagi navbatdan tashqari prezident saylovlarida g‘olib bo‘ldi,  deyiladi "TASS" xabarida.

Saylovlarda blyutenlarning ko‘pligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinni tadbirkor  Bobirjan To‘lboyev, uchinchi o‘rinni  Adaxan Madumarovlar egalladi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, saylovlarda ishtirok etish 39,75 foizni tashkil etgan. Saylov bilan parallel ravishda o‘tkazilgan boshqaruv shakli bo‘yicha referendumda esa, 97,82% saylov uchastkalari ma’lumotlari o‘rganilgan. Natijalarda esa ovozlarning 80,99% prezidentlik shaklini qo‘llab-quvvatlagani aniqlangan.

Ma’lumot uchun, davlat rahbari lavozimiga 17 nomzod davogarlik qilgan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан