Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik erkak ushlandi
17.10.2021 18:47,  
138

Qirg‘iziston chegarasini noqonuniy kesib o‘tishda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi ushlandi. Bu haqda «Kabar» xabar berdi.

Xabar qilinishicha, 14 oktyabr kuni o‘tkazilgan tezkor tadbirda soxta hujjatlar bilan Qirg‘izistonga o‘tmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi ushlangan.

1990 yilda tug‘ilgan Yu.M. Sankt-Peterburg shahridan O‘shga aviareys orqali kelib, 1989 yilda tug‘ilgan M.A. nomiga rasmiylashtirilgan Qirg‘iziston pasportini taqdim etgan.

Gumonlanuvchi Qirg‘iston Jinoyat-protsessual kodeksining 98-moddasiga asosan davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasining vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.

Holat bo‘yicha MXDQ Jinoyat kodeksining 358-moddasi 1-qismi (Davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) bilan jinoyat ishi ochilib, sudgacha surishtiruv boshlangan.

Ayni paytda Qirg‘izistonning rasmiy hujjatlarini qonunga zid ravishda tayyorlash jarayoniga mansabdor shaxslarning aralashgan yoki aralashmaganini aniqlash maqsadida tezkor tergov tadbirlari olib borilayotgani, shuningdek, gumonlanuvchining davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tgan yuzasidan sudga qadar surishtiruv o‘tkazilayotgani aytilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан