Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh yana bir tumanida koronavirus sabab favqulodda vaziyat joriy qilindi
20.03.2020 17:34,  
773

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vaziri Kosmosbek Cholponbayev 20 mart kuni o‘tkazilgan brifingda yana uch kishi koronavirusni yuqtirib olgani haqida ma’lum qildi.

Ular Novqat tumanida yashovchi ayollardir. Qirg‘izistonliklar yaqinda Saudiya Arabistonidan Umra safaridan qaytgan bo‘lgan. Bemorlarning ahvoli yaxshi ekani aytilmoqda.

O‘zbekiston bilan chegaradosh Novqat tumanida favqulodda vaziyat joriy etildi. Avvalroq Andijon viloyati bilan chegaradosh Suzoq tumanida ham Umradan qaytgan uch kishida koronavirus aniqlangan va tumanda favqulodda vaziyat joriy etilgan edi.

20 mart kunidan Qirg‘izistonning O‘sh shahrida jamoat transporti faoliyati to‘xtadi. Apteka va oziq-ovqat do‘konidan boshqa barcha tashkilotlar yopildi.

Mamlakat hukumati aholini o‘zlarini izolyasiya qilishga chaqirmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан