Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonning sobiq prezidenti yana bir jinoyatda gumon qilinmoqda
1.12.2019 16:02,  
1041

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti ​Almazbek Atambayev tergovga to‘sqinlik qilishda gumon qilinmoqda. Bu haqda uning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.

Advokatning aytishiga ko‘ra, gap Atambayev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha so‘roqqa kelishdan bosh tortgani haqida bormoqda.

«Gumon qilinishi to‘g‘risidagi bildirish xatiga tergovchining talablarini bajarmaslik to‘g‘risidagi modda qo‘shimcha ravishda kiritilgan», - deya tushuntirgan Slesarev.

Yuristning so‘zlariga ko‘ra, himoya tarafi Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi Atambayev ishtirokisiz o‘tishini iltimos qilmoqchi, chunki u noqonuniy jinoiy ta’qibga norozilik bildirib, savollarga javob berishdan bosh tortmoqda.

Ma’umot uchun, Aziz Batukayev 2006 yilning avgust oyida Alamudin tuman sudi hukmi bilan 16 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qilingan. Shuningdek, uning molu mulki musodara qilingan. Batukayev 2006 yilda Bishkek shahri yaqinida koloniyada ommaviy tartibsizlik uyushtirganlikda va hujum paytida Qirg‘iziston parlamenti deputati Tinichbek Akmatbayev, jazoni ijro etish boshqarmasi rahbari Ikmatulla Polotov va parlamentning ikki nafar xodimini o‘ldirishda ayblangan. Aziz Batukayev 2013 yil 9 aprelda «og‘ir kasallik» tufayli shartli ravishda ozod qilingan. U bundan foydalanib, Qirg‘iziston hududini tark etgan.

Qirg‘iziston IIV ma’lumotiga ko‘ra, Batukayev hozirda Chechenistonda noqonuniy qurol saqlagani uchun jazo muddatini o‘tamoqda.

«Jinoiy avtoritet»ga nisbatan jinoiy ishni qayta qo‘zg‘atilganini 17 aprel kuni Qirg‘iziston bosh prokurori Otkurbek Jamshitov ma’lum qildi.

Almazbek Atambayevga mazkur jinoyat ishi yuzasidan so‘roqqa kelish to‘g‘risida uch marta chaqiruv qog‘ozi yuborilgan edi. Qirg‘iziston IIV ta’kidiga ko‘ra, aynan Atambayev Aziz Batukayevni ozod qilish to‘g‘risida farmon bergan. Sobiq prezidentning so‘roq kelishdan bosh tortishi, uni kuch bilan qo‘lga olish maxsus amaliyot bilan yakunlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан