Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Asqar Akayevga nisbatan tergov ishlari davom etmoqda
21.12.2021 18:24,  
216

Ayrim shaxslarning “Qumtor” ishi bo‘yicha sobiq prezident Asqar Akayevga nisbatan qo‘yilgan barcha ayblovlar olib tashlandi, deb tarqatayotgan xabarlari haqiqatdan yiroq. Tergov ishlariga umuman aloqasi bo‘lmagan bu kabi xabarlar jamoatchilikni atay chalg‘itish maqsadida amalga oshirilmoqda.  

Shu munosabat bilan Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik bo‘yicha Davlat qo‘mitasi jamoatchilikka shuni yetkazishni lozim deb hisoblaydiki, “Qumtor” ishi bo‘yicha, jumladan, Asqar Akayevga nisbatan ham tergov ishlari davom etmoqda. 

Bundan tashqari, sobiq prezident Asqar Akayevga 1992 yilda “Kameko” kompaniyasi bilan bosh kelishuvga erishilishi hamda 2003 yilda “Qumtor” loyihasining restrukturizatsiya qilinishi bo‘yicha ham qisman ayblovlar qo‘yilgan.  

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Asqar Akayev yuqorida qayd etilgan jinoiy ishlar bo‘yicha aybini to‘liq zimmasiga olgan va tergov ishi bilan faol hamkorlik qilmoqda, deyiladi Qirg‘iziston Respublikasi milliy xavfsizlik bo‘yicha Davlat qo‘mitasi tarqatgan bayonotda

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан