Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qiymati qariyb 1 milliard 322 million so‘mlik qing‘irlikning oldi olindi
26.02.2021 21:45,  
285

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari bir qator huquqbuzarlik holatlarini fosh etishdi. Bu haqida Bojxona qo‘mitasi internet nashri xabar bermoqda.

Xususan,  xorijdan Andijon viloyatida faoliyat olib boruvchi jamiyat nomiga yuk konteynerida keltirilgan asbob-uskuna va xo‘jalik tovarlari bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, konteynerlarda yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan, qiymati 587 mln. so‘mlik 2 turdagi maishiy buyumlar borligi aniqlandi.

Navbatdagi holatda esa, post xodimlari tomonidan Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi bilan hamkorlikda xorijdan keltirilgan 2 ta yuk konteynerini ko‘zdan kechirish davomida hujjatlarda qayd etilmagan 117 mln. so‘mlik 5 turdagi “tele-radio ehtiyot qismlari“ hamda 4 turdagi 311 mln. so‘mlik xalq iste’moli tovarlari mavjudligi aniqlandi.

Shuningdek, Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi yana bir korxonaga nomiga keltirilgan tovarlarni ko‘zdan kechirish davomida yo‘l yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilganidan ortiqcha bo‘lgan, umumiy qiymati 586 mln. so‘mlik 8,5 tonna og‘irlikdagi sun’iy terilar borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан