Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qiziga ro‘moli sababli bosim o‘tkazilayotgani uchun maktabga borgan bloger IIBga olib ketildi
7.09.2019 10:11,  
170

Feysbukda Abdulaziz (Umar) Aslan taxallusi bilan blogpostlar yozadigan Laziz Asadov qaramog‘idagi qiziga maktabda hijobi (ro‘moli) sababli bosim o‘tkazilayotgani tufayli 2019 yil 6 sentyabr kuni Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 107-maktab ma’muriyati bilan uchrashish uchun borgan.

Direktor xonasida ayni mavzuda – Vazirlar Mahkamasining 666-sonli qarori va unga ilova qilingan nizom bo‘yicha o‘zaro suhbat ketayotganida o‘zini tanishtirmagan, kimligi noma’lum bir necha shaxs u kishiga hujum qilib, qo‘lini orqasiga qayirib, avval maktab hovlisiga, undan ko‘chaga majburlab olib chiqishgan va qo‘liga kishan solib, o‘sha yerda turgan rangi oq, davlat raqami  01 Z 996 AB bo‘lgan Matiz avtomashinasiga zo‘rlik bilan o‘tqizib, soat 15:10 lar atrofida noma’lum tomonga olib ketishgan. Keyinroq ularning Uchtepa tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo‘limi xodimlari ekanligi ma’lum bo‘lgan. 

Ammo Laziz Asadovni IIBga olib borishda unga hech qanday hujjat, guvohnoma ko‘rsatilmagan. Uni bir necha soat davomida IIBda ushlab turishgan, "ichki ishlar xodimlarining qonuniy talabiga bo‘ysunmaslik" asosida tushuntirish xati olib, ishini sudga oshirishga harakat qilishgan.

Biroq Laziz Asadovga ayblov qo‘yilishiga uning maktabdagi suhbat jarayonini Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida jonli namoyish qilgani va buning ortidan ko‘tarilgan shov-shuv, shuningdek, oila a’zolarining Toshkent shahar IIBB va prokuraturasiga uni "noma’lum shaxslar o‘g‘rilab ketgani" haqida bergan arizasi to‘sqinlik qilgan. Avval IIB, keyin prokuratura xodimlari bilan suhbatdan keyin Asadovdan tushuntirish xati olinib, kech soat 21:10 ga yaqin qo‘yib yuborilgan, unga "soqolini bir enlik qisqartirib, ertasiga IIBga kelib-ketish" buyurilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан