Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qizilqum bag‘rida yangi dam olish klasteri ishga tushdi (foto)
31.08.2020 10:19,  
303

30 avgust kuni Romitan tumani Varaxsha massivida “Bukhara Desert Oasis & SPA”  dam olish maskanining rasmiy ochilish marosimi o‘tkazildi. Tantanali tadbir Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligi hamkorligida tashkil etildi.

Tadbirni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Ulug‘bek Azamov Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimovning tabrik so‘zini o‘qib eshittirish bilan ochib berdi.

Mazkur turistik majmua ushbu hududning 10,0 gektar maydonini egallagan bo‘lib, qo‘shimcha 30,0 gektar maydonda agro-eko bog‘lar va issiqxonalar barpo etilgan. Ob’yektning birinchi bosqichida 500 nafar, keyingi bosqichlarida esa bir vaqtning o‘zida ming nafardan ortiq dam oluvchilar va sayyohlarni qabul qilish imkoniyati yaratiladi. E’tiborlisi, bu sayyohlik dam olish maskani ishga tushgach hozirda 100 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Shuningdek, sayyohlik ob’yektida o‘rta asrlardagi Buxoroning tarixiy manzaralari - Varaxsha terassasi, Sardoba, karvonsaroy majmuasi, plyaj, hozirda 80 o‘ringa mo‘ljallangan o‘tovlar, milliy va Yevropa taomlari restoranlari, tibbiyot burchagi, sog‘lomlashtirish maskani, sport o‘yingohi, ot sporti maydoni, avtoturargoh, kvadratsikllar, ot va tuyalarda sayohat, elektromobil, Jeep kabi transportlari kabi turli qo‘shimcha xizmatlarni ham o‘z ichiga oladi. Maskanga tashrif buyuruvchilar uchun ochiq tabiat qo‘ynida ajoyib teatrlashtirilgan tomoshalar va ko‘ngilochar shoudasturlari namoyishi yo‘lga qo‘yilgan.

Tahlillarga ko‘ra, 2019 yilda Buxoroga tashrif buyurgan sayyohlar oqimi qariyb 3,5 baravarga ko‘paygan. Birgina xorijiy turistlardan viloyat iqtisodiga 130,0 mln. dollardan ziyod tushum kuzatilgan, bu esa 4 yil avvalgi ko‘rsatkichga (25 mln.doll.) nisbatan 5 baravarga ko‘p demakdir.

Buxoroda ayni paytda jami 366 ta, shundan 151 ta mehmonxona, 36 ta xostel,  179 ta oilaviy mehmon uylari faoliyat yuritmoqda. Nafaqat, Buxoroning tarixiy qismi, balki qishloq tumanlari va cho‘l hududlarida ham turizm rivoji avj olmoqda.

Xususan, Buxoro yaqinidagi To‘dako‘l suv havzasi qirg‘og‘ida yaqinda ish boshlagan “Plyaj turizmi” maskani, Qoraqir, Og‘itma, Sho‘rko‘l, Zikri, Devxona, Xadicha ko‘llari bo‘yida turizm ob’yektlari tashkil etilgani, “Jayron” ekoturizm qo‘riqxonasi, Olot tuzli suv havzasi va qum barxanlari atrofida turistik xizmatlar kirib kelishi bunga yorqin misol bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан