Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






«Qizim hijobda kelishiga ruxsat berilmasa, otasi o‘zini osib qo‘yadi»
19.02.2021 08:49,  
749

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Olmazor tumanida joylashgan 233-rus maktab direktori ro‘mol o‘ragan qizlarni maktabga kirgizmayotgani aytilib, uni tarqatish so‘ralgan xabar tarqaldi. Toshkent shahar XTBB bunga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur holat Olmazor tuman xalq ta’limi bo‘limi ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan. Hozirda 233-sonli umumta’lim maktabida 1657 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda, ta’lim rus tilida olib boriladi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali rasmi ko‘rsatilgan voyaga yetmagan qiz maktabning 3-sinfi o‘quvchisi bo‘lib, joriy o‘quv yilida pandemiya sababli o‘quvchining ota-onasi talabi bilan o‘quvchi III chorakka qadar masofaviy shaklda ta’lim olgan.

2021 yil 18 yanvar kuni o‘quv yilining III chorak boshida o‘quvchi qizning onasi maktabga kelib, qizi hijobga kirganligini, darslarda hijobda o‘tirishiga maktab ma’muriyatidan ruxsat berishini so‘ragan. Aks holda u voyaga yetmagan farzandini darsga yubormasligini aytgan.

Maktab ma’muriyati tomonidan o‘quvchining onasiga, har bir maktab o‘zining tasdiqlangan ichki tartib-qoidalar to‘g‘risidagi nizomiga amal qilgan holda muassasaning faoliyatini tashkil etishi haqida tushuntirilgan. Jumladan, o‘quv-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi yuzasidan tasdiqlangan nizom asosida faoliyat olib borishi va unda o‘quvchilar kiyinish madaniyatiga rioya etilishi ham ko‘rsatib o‘tilganligi, maktab ustavida belgilangan talablarga ko‘ra, ota-onalar farzandlarini majburiy ta’limga jalb etishi shartligi belgilangan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi «Davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilarini zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori bilan tasdiqlangan nizomning 3-bobi («Ta’lim muassasasi o‘quvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan ta’minlash va ularga qo‘yilgan talablar»)ga asosan, O‘zbekistonda aholi turli millat va diniy konfessiyalar vakillaridan iboratligi hamda majburiy umumiy o‘rta ta’lim dunyoviy xarakterga egaligi munosabati bilan o‘quvchilarning maktab formasiga turli din konfessiyalari hamda submadaniyatlarga mansublikni aks ettiruvchi elementlarni (hijob, kipa, kashaya, xoch va boshqalar) qo‘shishga yo‘l qo‘yilmasligi haqida tushuntirilgan. Maktab binosidan tashqarisida esa voyaga yetmagan qizlarning ro‘mol o‘rab yurishiga maktab ma’muriyatining hech qanday e’tirozi yo‘qligi aytilgan.

Ona mazkur javobga qoniqmasdan, agar qizim hijobda kelishiga ruxsat berilmasa, uning otasi o‘zini osib qo‘yadi, degan tahdid bilan maktabdan farzandini olib chiqib ketgan.

«Maktab ma’muriyati tomonidan o‘quvchining ota-onasiga farzandini maktabga yuborishini so‘rab bir necha marotaba og‘zaki murojaat etilgan. Natija bo‘lmagach, o‘quvchini maktabga qaytarishda amaliy yordam so‘rab maktab ma’muriyati tomonidan yozma ravishda ‘Qichqiriq’ MFY va uchastka profilaktika noziriga murojaat qilingan», — deyiladi XTBB xabarida.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан