Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qiziqarli o‘tgan hafta: 7 kun ichida O‘zbekiston ahlini hayratga solgan 15 xabar
30.04.2017 20:28,  
77

Hafta davomida O‘zbekiston hayotida ro‘y bergan muhim voqealar va yangiliklar Sof.uz dayjestida eslatib o‘tiladi.

1) O‘zbekistonda vijdonsiz «bozorqo‘m» va uning 12 nafar hamtovog‘i qo‘lga olindi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Kattaqo‘rg‘on shahar sudi o‘g‘irlik va kamomad uchun "Mirbozor bozori" MChJ raisi va uning qo‘l ostidagilardan iborat 12 hamtovog‘ini turli muddatlarga ozodlikdan mahrum qildi.

2) Toshkentda o‘z uyida narkotik o‘simliklar yetishtirib yurgan shaxs qo‘lga olindi​​​​​​​. Toshkent shahar IBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida Yunusobod, Uchtepa va Chilonzor tumanlarida uch nafar kishi qo‘lga olindi. Ularning yonidan 2,92 gramm marixuana topildi. Bundan tashqari, qo‘lga olinganlardan birining xonadonida marixuana yetishtirilayotgani aniqlandi.

3) GM Uzbekistan yangi avlod Malibu modelini ishlab chiqara boshlaydi​​​​​​​. GM Uzbekistan kompaniyasi to‘liq yangilangan Chevrolet Malibu bizness-klass sedanini ishlab chiqara boshladi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati. SKD texnologiyasi bo‘yicha avtomobil yig‘ish GM Uzbekistan’ning Toshkentdagi filialida amalga oshiriladi.

4) Koreya o‘zbekistonliklar uchun viza berishni osonlashtiradi​​​​​​​O‘zbekiston Mehnat vaziri Aziz Abduhakimov va Koreya Respublikasi elchisi Kvon Yon 22 aprel kuni Koreya respublikasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tanlab olish mexanizmlarini takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.

5) GM Uzbekistan 6 xil rangni ishlab chiqarish jarayonidan chiqardi​​​​​​​. Bugungi kunda GM Uzbekistan zavodi o‘z avtomobillarini 12 xil rangga bo‘yamoqda. Ushbu ranglar ichida 6 tasi: oq, to‘q kulrang, kumushrang, sarg‘ishrang, kulrang  sadaf va qora ranglar  ommaviy bo‘lib, ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 97% ushbu ranglarga bo‘yaladi. Qolgan 6 ta rangga ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning 3% i to‘g‘ri keladi. GM Uzbekistan talab juda kam bo‘lgan, ushbu ranglarni ishlab chiqarish jarayonidan chiqariladi.

6) Farg‘ona vodiysida Qirg‘izistonga olib o‘tuvchi yashirin yer osti yo‘lagi aniqlandi.  2016 yil mart oyida O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari tezkor bo‘linmalari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida viloyatning Oltiariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlariga barham berildi. Ushbu fuqaro xonadonidan Qirg‘iziston hududiga olib boruvchi 120 metrlik yer osti yo‘lagi aniqlangan. Bu ushbu uy egasiga kontrabanda faoliyati bilan erkin shug‘ullanishiga imkon bergan.

7) Rohat avtosalonida yangi narxlar e’lon qilindi​​​​​​​. Rohat avtosalonidagi avtomobillarning yangi narxlari e’lon qilindi. Bu haqda avtosalonning telegramdagi bot kanali xabar berdi.

8) Markaziy bank raisi o‘rinbosari: O‘zbekistonda valyutani erkin ayirboshlash sari ilk qadam qo‘yildi. O‘zbekistonda keng ko‘lamli valyuta islohotlariga start berildi. Ayni vaqtda valyuta tushumining davlatga majburiy sotish miqdori kamaytirildi, ba’zi bir korxonalar uchun bu talablar butkul olib tashlangan, deb tushuntirdi respublika Markaziy Banki raisi o‘rinbosari Shohruh Shoahmedov.

9) Samarqandlik pensioner nega gaz idorasi xodimiga o‘q uzdi? “Samarqandshahargaz” filiali xodimi Ismoil Ziyodullayevga qarata ov miltig‘idan o‘q otilganligi haqidagi xabar ko‘hna shaharda turli mish-mishlarga sabab bo‘lmoqda. Ustiga ustak “Ozodlik” radiosi veb-saytida 19 aprel kuni e’lon qilingan maqoladagi qator noaniqliklar ushbu voqea atrofidagi gap-so‘zlarni yanada chigillashtirdi. Xo‘sh, o‘zi voqea qanday sodir bo‘lgan edi.

10) Yana propiska muammosi haqida. So‘nggi vaqtlardagi islohotlar samarasi o‘laroq, muammolarni yashirish emas, ularni yechishga bo‘lgan intilishlar tufayli ayrim masalalarda ochiqcha so‘zlash imkoni tug‘ilmoqda. Sarlavhadanoq anglab yetdingiz. Menda ham poytaxt propiskasi yo‘q. Ne ajabki kasbimiz, kelajak bo‘yicha tasavvurimiz, umuman orzu-havasimiz tufayli poytaxtda yashaymiz, aybga buyurmaysizlar endi. Oilamiz bilan yashaydigan uyimiz bor, bo‘yi cho‘zilib qolgan o‘g‘limga atab ham uy olib qo‘yganman. Hammasi oqibatli yaqinlarning nomida. Har yili ijara shartnomasi, har olti oyda propiska deb ularni bezovta qilib turamiz. 

11) O‘zbekistonda tabiiy gaz xususiy operatorlar tomonidan sotila boshlanadi​​​​​​​. Toshkentda va hududlarda gaz ta’minoti ob’yektlarining bir qismi gaz taqsimlash tarmoqlaridan foydalanish va tabiiy gazni sotish uchun xususiy operatorlarning vakolatli boshqaruviga o‘tkaziladi. Bu Prezidentning 20 apreldagi qarorida ko‘zda tutilgan.

12) GM Uzbekistan shartnoma bo‘yicha elektron navbat xizmatini amalga kiritdi​​​​​​​. Endi mijozlarda tuzilgan shartnoma bo‘yicha elektron navbatda turish imkoni mavjud. Buning uchun quyidagi sahifaga o‘tiladi hamda shartnomaning tartib raqami va pasportning seriya raqami (yuridik shaxslar uchun STIR) kiritiladi. Kiritish oynachasining ostidagi “Natija” (Rezultat) tugmasi bosilgach, tegishli ma’lumot oynada aks etadi.

13) Kimga qancha pensiya tayinlanadi? Mehnat faoliyatini yakunlagan har bir insonni, eng avvalo, unga qancha pensiya tayinlanishi o‘ylantiradi. Umuman, ijtimoiy ta’minotning mazkur turi ishlayotgan hech kimni befarq qoldirmaydi. Ammo bu borada ba’zan tushunmovchiliklar, muammolar yuzaga kelib turadi. Prezident virtual qabulxonasiga kelib tushayotgan eng ko‘p murojaatlarning ham mazmuni aynan pensiya ta’minoti bilan bog‘liq. Moliya vazirligi huzuridagi Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Pensiya tayinlash bo‘limi boshlig‘i Zafar Xo‘jayev fuqarolarni ushbu masalada qiziqtirgan ayrim savollarga javob berdi.

14) Mobil aloqa uchun to‘lov milliy valyutada to‘lanadigan bo‘ladi​​​​​​​. 2017 yil oxiriga qadar mobil aloqa va internet xizmatlari uchun to‘lov milliy valyutada to‘lanishini ta’minlovchi qaror ishlab chiqariladi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari Umidjon A’lamovxabar bermoqda.

15) AQSh O‘zbekistonga 2018 yil uchun moliyaviy yordam miqdorini oshirdi​​​​​​​. AQSh hukumati 2018 yilda Davlat departamenti yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga beriladigan moliyaviy yordam miqdorini 4,4 foizga — 9,3 mln. dollargacha oshiradi​​​​​​​.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан