Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qiziqchi Valijon Shamshiyev rahbarlik lavozimiga tayinlandi
6.10.2021 15:19,  
866

Valijon Shamshiyev Toshkent shahri Yashnobod tumani “Barkamol avlod” bolalar maktabi direktori lavozimiga tayinlandi.

Valijon Shamshiyev yangi lavozimda bor kuchini sarflashini ma’lum qildi.

“Hammamizning maqsadimiz bitta — O‘zbekiston kelajagini yanada gullatib yashnatish va uning uchun farzandlarimizni tarbiyalash. Farzandlar tarbiyasida qo‘limdan kelgancha sizlar bilan birgalikda xizmat qilaman”, - degan u xizmat vazifasiga kirishish chog‘ida.

Tayinlov Xalq ta’limi vazirligi xulosasi asosida amalga oshirildi.

Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi texnik ijodkorlik, badiiy ijodiyot, o‘lkashunoslik va ekologiya bo‘yicha "Barkamol avlod" Respublika bolalar markazlari negizida Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman (shahar) "Barkamol avlod" bolalar markazlari negizida "Barkamol avlod" bolalar maktablarini tashkil etilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан