Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qizlarga Iymona, Imrona, Yasina ismlarini qo‘yish joizmi? O‘MI fatvo hay’ati javob berdi
10.09.2019 11:04,  
17970

O‘zbekiston Musulmonlar idorasining fatvo hay’ati saytidan ismlar bilan bog‘liq savollarga javoblarni yig‘dik.

Savol: 4 yoshli qizim bor. Ismi Iymona. Kecha televizorda domla Iymona ismi Islomda mumkin emas dedilar. Shu rostmi?

Javob: Rost. Lekin Iymon deb qo‘ysa bo‘ladi. Iymon so‘zi musulmon bo‘lmagan inson musulmon bo‘lganida “iymon keltirdi”, “iymonli bo‘ldi” deyiladi. “Iymona” ism shaklida emas.

Savol: Yaqinda kiz farzandli bo‘ldim. Yasina deb ism kuyish istagidaman. Shu ism joizmi?

Javob: “Yasin” bu – Allohning muqaddas kitobi, “Qur’oni karim”dagi o‘ttiz oltinchi suraning nomidir. Lekin bu so‘zning “Yasina” shakli yo‘q. 

Savol: Nabiramning ismi Imrona. Bu ismni o‘zgartirish kerakmi?

Javob: O‘zgartirish shart emas.Lekin bu kabi ism qo‘yishga tavsiya qilmaymiz. Shu o‘rinda siz azizlarga shuni ta’kid bilan aytib o‘tmoqchimizki farzandga go‘zal ism qo‘yish ota-ona va oila boshliqlari zimmasidagi muhim burchlardan biri hisoblanadi. Ism qo‘yishda agar o‘zlaringiz qo‘ymoqchi bo‘lgan ismning ma’nosini ahli ilmlardan so‘rab oling, chunki har qanday jarangdor eshitilishi go‘yoki yoqimli bo‘lgan ismlar to‘g‘ri ma’noga dalolat qilavermaydi.

Savol: Farzandim dunyoga kelganida peshonasida xoli bor edi. Unga Kamron deb ism qo‘yganmiz. Xoli bn tug‘ilgan bolaga Xoldor yoki shunga o‘xshash ism qo‘yish shartmi?

Javob: Yo‘q, xol bilan tug‘ilgan kishiga “Xoldor” deb ism qo‘yish shart emas.  

Savol: Muhammadqodir ismini qoyish mumkinmi?

Javob: Abdulqodir deb ism qo‘yish maqsadga muvofiqdir.

Savol: Jahongir ismi dinimizda harom ekanini ba’zi manbalarda o‘qib qoldim. Shu rostmi?

Javob: Shariatimizda bu ism harom degan gap yo‘q. 

Savol: O‘g‘limning ismi Abdurasul. Uni o‘zgartirishim kerakmi?

Javob: “Abdurasul” emas balki, “Muhammad Rasul” yoki “Rasul” deb atasangiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан