Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘shma korxona gaz qazib olishga 700 mln dollardan ortiq sarmoya kiritadi
19.06.2019 22:36,  
9

«O‘zbekneftgaz» va Gas Project Development Central Asia kompaniyalari tomonidan tashkil etilgan Natural Gas-Stream qo‘shma korxonasi O‘zbekiston shimoli-sharqida gaz qazib olishga 700 mln dollardan ziyod miqdorda sarmoya kiritadi. 17 iyun kuni O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tegishli qarorni qabul qildi.

Loyihada Sechanko‘l, Oqjar va Chimboy investitsiya bloklarida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish hamda Urga, Oqchaloq va Chandir guruxi konlarini o‘zlashtirish ko‘zda tutilgan.

Loyihaning texnik-iqtisodiy asoslariga ko‘ra, kiritilayotgan sarmoya hajmi 701,4 mln dollarini tashkil etib, uning 243,4 mln dollar QK shaxsiy mablag‘lari, 458 mln dollari esa chet el investitsiyalaridan iborat.

Qazib olish bo‘yicha loyihaviy quvvati 1,633 mlrd kub metr tabiiy gaz, 94,5 ming tonna gaz kondensati, 80 ming tonnaga yaqin yonilg‘ini (benzin, kerosin, suyultirilgan gaz) tashkil etadi. Qazib olinayotgan barcha gaz eksport qilinadi.

Natural Gas-Stream QK 2016 yilda Ustyurt hududida geologik razvedka ishlarini o‘tkazish va gaz qonlarini o‘zlashtirish uchun tashkil etilgan. O‘zbekiston tomonidan «O‘zbekneftgaz"dan tashqari, «Muborakneftgaz» va «Ustyurtgaz», xorijdan esa «Gazprom» tuzilmalaridan tashqari, Kiprda ro‘yxatga olingan Altmax Holding kompaniyasi ta’sischi hisoblanadi. Kompaniyalar ulushi to‘g‘risida ma’lumot berilmadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан