Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qochqinlarning Turkiya va Gretsiya chegarasi nazorat punktidagi 18-kuni (video, foto)
16.03.2020 19:27,  
484

Minglab qochqinlar Yevropa Ittifoqining g‘arbiy qismiga chiqish umidida bo‘lib Turkiya va Gretsiya chegaralarini kesib o‘tishda davom etmoqda. Ularning aksariyati chegaradagi Merich daryosini Gretsiya tomon kechib o‘tmoqda, deb Anadolu Agency xabar bermoqda.

Gretsiya hududiga kirishga muvaffaq bo‘lganlar mamlakat ichkarisiga kirib ketishgan. Gretsiya harbiylari qochqinlarni to‘xtatish uchun suv to‘plari, ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va harbiy o‘qlardan foydalanishda davom etmoqda. Ular tomonidan qochqinlarni yalang‘ochlab kaltaklashlari, pul va telefonlarini tortib olib Turkiya hududiga qaytishga majburlash holatlari ko‘p uchramoqda.

Qochqinlar Gretsiya rasmiylari chegarani ochishiga umid qilib, 18 kun davomida nazorat punktlarida kutib o‘tiribdi.

Pazarkule va Kastaniyes nazorat-o‘tkazish punktlari orasidagi neytral zonadagi o‘rmonlarda 10 mingdan ortiq odam to‘plangan. Ularning aksariyati yasama chodirlarda kun ko‘rishmoqda. Kuchli sovuq va yomg‘irlar ko‘plab qochqinlarning sog‘lig‘iga ta’sir ko‘rsatdi.

17 mart seshanba kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an, Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkel qochqinlar bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan uch tomonlama uchrashuv o‘tkazishadi. Qochqinlarning ko‘pi sammitning natijasi ularga Yevropa Ittifoqiga kirishga yordam beradi deb umid qilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан