Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qog‘ozga yozishga o‘rgangan kishilarning plansheti yaratildi
3.12.2016 08:52,  
9

Kuni kecha qog‘oz  va ruchka bilan ishlashga odatlangan foydalanuvchilarga mo‘ljallangan reMarkable nomli planshet namoyish etildi, deb yozmoqda terabayt.uz.

Modelning og‘irligi 350 gramm, unga Canvas nomli E-Ink Carta texnologiyasida tayyorlangan 10,3 dyuymli displey o‘rnatilgan. Aniqlik formati 1872 x 1404 piksel. Qizig‘i shundaki, ekranning tarkibida shisha mavjud emas.

Yozuvni ekranga kiritish uchun zaryalanishni talab qilmaydigan Marker nomli stilus xizmat qiladi. Ishlab chiqaruvchining ta’kidlashicha, planshet qog‘oz va ruchka bilan ishlashga odatlangan konservativ odamlarga yaxshi yechim bo‘lishi mumkin.

Get Remarkable saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, planshet 1 GGs chastotali protsessorda ishlaydi, 512 GB operativ va 8 GB doimiy xotira (100 000 ta sahifani saqlashi mumkin) bilan jihozlangan. Wi-Fi va sig‘imi 3000 mA/soat bo‘lgan batareya ko‘zda tutilgan. Hozircha reMarkable faqat PDF va EPUB formatlari va ingliz tilini qo‘llab-quvvatlaydi.

Qurilmaga 379 dollar narxida buyurtma berish mumkin.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан