Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoida buzgan xorijiy avtotransportlardan jarima undirishning yangi tartibi joriy etildi
6.08.2020 12:58,  
477

Hukumatning tegishli qaroriga ko‘ra, O‘zbekiston hududida yo‘l harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilari yoki boshqa shaxslardan jarima undirishning yangi tartibi joriy etiladi.

Endilikda ushbu jarimalar xorijiy avtotransport vositalari O‘zbekistondan olib chiqib ketilayotganda bojxona organlari tomonidan undiriladi. Bunda ichki ishlar organlari «onlayn» rejimda taqdim etgan ma’lumotlar asos bo‘ladi.

Ushbu yangi tartib quyidagilarga tatbiq etilmaydi:

  • - O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining, shuningdek, ularga tenglashtirilgan tashkilotlarning avtotransport vositalariga;
  • - O‘zbekiston hududiga vaqtincha kirgan yoki tranzit harakatlanishda bo‘lgan xorijiy rasmiy delegatsiyalar avtotransport vositalariga.

Qaror bilan, O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzgan xorijiy avtotransport vositalari haydovchilaridan jarimalarni undirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ham tasdiqlandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан