Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘lda to‘qilgan gilamlarni 50 foizgacha eksport xarajatlari subsidiyalanadi
27.06.2020 18:01,  
191

«Respublikada qo‘lda to‘qilgan gilamchilik sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ–4759-son, 26.06.2020 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2021 yil 1 yanvardan Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchi xo‘jaliklarga ular tomonidan qo‘lda gilam to‘qishga ixtisoslashgan hunarmandlar va tashkilotlarga sotilgan har bir kilogramm «merinos» zotli qo‘y va «angor» zotli echkilarning juni uchun ikki ming so‘mdan subsidiyalar ajratiladi. Bunda, subsidiya berish «O‘zbekchorvanasl» agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

«Merinos» zotli qo‘y va «angor» zotli echkilarni haydab boqish, junni qayta ishlash, bo‘yash va qo‘lda gilam to‘qish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun loyiha tashabbuskorlariga bir vaqtning o‘zida kompensatsiya bilan birgalikda kafillik ham beriladi.

Qo‘lda to‘qilgan gilamlarni eksport qilishda avtomobil, temir yo‘l va havo transportida tashish xarajatlarini 50 foizigacha miqdorda kompensatsiya qilishga subsidiyalar taqdim etish mexanizmi tatbiq etiladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан