Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qonida doping aniqlangan Ruslan Nurudinovning Rio-2016 dagi oltin medali olib qo‘yiladimi?
1.05.2020 16:31,  
365

Ruslan Nurudinov London-2012 olimpiadasida 105 kg vazn toifasida 4-o‘rinni egallagandi. Musobaqa ishtirokchilarining doping-testi 2018 yil qayta tekshirilishi natijasida sportchimiz analizida turinabol aniqlangandi. 

Uzoq davom etgan surishtiruv ishlaridan so‘ng Nurudinov ikki yil davomida musobaqalarda ishtirok etishiga taqiq qo‘yildi. Ushbu muddat 2018 yilning 18 dekabridan boshlab hisoblanadi va 2020 yilning 17 dekabrida yakuniga yetadi deya xabar bermoqda og‘ir atletika federatsiyasi matbuot xizmati.

E’tiborli jihati, 2012 yildan keyin o‘tkazilgan musobaqalardagi natijalar va medallar sportchimizdan olib qo‘yilmaydi. Ya’ni Rio-2016 Olimpiadasida 105 kg vazn toifasida Ruslan qo‘lga kiritgan oltin medali, 2013 (oltin) va 2014 yilgi (kumush) Jahon chempionatlari hamda Osiyo o‘yinlari-2018 natijalari ham bekor qilinmaydi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан