Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qonliko‘lda yigit sevgilisini 4 marta pichoqladi. Qiz o‘limidan avval yigitni aybsiz deb ko‘rsatma berdi
21.03.2021 12:12,  
723

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Qonliko‘l tumanida mudhish voqea yuz berdi. Bu haqda «Qonun va ijro» nashri ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, ushbu tumanda yashagan ikki yosh o‘lguncha bir-birlaridan ayrilmaslik haqida ahdu paymon qilib, agarda birga bo‘lishmasa, o‘z jonlariga qasd qilishga va’da berishgan.

Ammo taqdir taqozosi bilan yigit Toshkentga ishlash uchun kelganida, qizni uyidagilari boshqa yigitga turmushga berib yuborgan.

Yigit yurtiga qaytgach, qiz bilan Nukus davlat pedagogika institutining oldida uchrashib qoladi va o‘zaro kelishuvlarini amalga oshirish uchun ertasi kuni Qonliko‘l tumanida uchrashishga kelishgan.

Shundan keyin, ertasi kuni ertalab soat taxminan yigit 9:30larda qizni Qonliko‘l tumanida kutib olib, birgalikda Qo‘ng‘irot tumanidagi dehqon bozoridan yog‘och dastali pichoq sotib olishgan. 

Shu kuni soat taxminan 15:00larda Qonliko‘l tumanidagi «Beshko‘pir» OFYda joylashgan «Yeshimoxun» qabristoniga birgalikda borishgan. Qabristonda yigit qizning turmush o‘rtog‘iga qo‘ng‘iroq qilgan. 

So‘ng soat taxminan 18:00larda o‘zlari bilan olib kelgan pichoq bilan yigit qizning chap ko‘krak qismiga ikki marta kuch bilan urib, qiz hushidan ketganidan keyin, uning bo‘yin va qorin qismlariga yana ikki marta urgan. Yigit shundan keyin o‘zini ham o‘ldirishga uringan. Ammo pichoq chuqur kirmagan.

Ko‘p o‘tmay voqea joyiga qizning eri yetib kelgan. Ushbu vaqtda ham qiz tirik bo‘lib, uni shifoxonaga olib borishayotganida, uni yigit pichoqlamaganligini, bir-birlarini yaxshi ko‘rishganligini bildirib, ko‘rsatma bergan. Shundan so‘ng vafot etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi jinoyat ishlari bo‘yicha sudining yigitga nisbatan chiqargan hukmi o‘zgarishsiz, apellyasiya shikoyati qanoatlantirilmasdan qoldirilib, Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi o‘z kuchida qoldirildi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан