Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qonunchilikda xodimning mehnat haqidan qanday hollarda ushlab qolish mumkinligiga izoh berildi
4.02.2021 18:49,  
995

Qonunchilikda xodimning mehnat haqidan qanday hollarda ushlab qolinishi mumkinligi haqidagi savolga AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva javob berdi.

Ta’kidlanishicha, umumiy qoidalarga ko‘ra, xodimning yozma roziligi bilan, bunday rozilik berilmagan taqdirda sud qaroriga asosan mehnat haqidan ushlab qolish mumkin. Xodimlar roziligisiz mehnat haqidan quyidagi hollarda ushlab qolinishi mumkin:

  • belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni undirish;
  • sud qarorlari va boshqa hujjatlarni ijro etish;
  • oldindan berilgan maqsadli pullar bo‘yicha hisob-kitob qilish hamda ortiqcha to‘langan summani qaytarib olish;
  • mehnat ta’tili bo‘yicha hisob-kitob qilish;
  • xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan zararni qoplash;
  • intizomiy jazo tariqasida tayinlangan jarimani undirish uchun.

Ma’lum qilinishicha, ish haqidan ushlab qolinadigan haqning umumiy miqdori xodim ish haqining 50 foizidan ortib ketmasligi kerak. Ushbu cheklov aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikning axloq tuzatish ishlari tarzidagi jazo tayinlangan xodimni ish haqidan ushlab qolishga nisbatan talqin etilmaydi. Bunday hollarda ushlab qolinadigan haqning miqdori 70 foizdan oshib ketmasligi lozim.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан