Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qonunlar amaldorga kelganda ishlamayaptimi? - Rasul Kusherbayev
13.07.2021 08:41,  
795

"Yaqinda Surxondaryo viloyatining Denov tumani markazida daraxtlarning ommaviy kesib tashlanayotganiga shaxsan guvoh bo‘lib, bu haqida jamoatchilikka ma’lum qilgandim", demoqda  deputat Rasul Kusherbayev.

"Tabiatga yetkazilgan zarar esa 329 mln so‘mdan ortiq ekan. Haqiqatan ham zarar summasi jinoyatga tortadi. Bu holatga oddiy fuqaro yoki tadbirkor yo‘l qo‘ysa bir zumda jinoyat ishi ochiladi. Lekin mazkur vaziyatda jinoyat ishi qo‘zg‘atuvchilarimiz negadir jim: IKKIYuZLAMAChILIK.

Bir narsa aniq: agar jinoyat ishi ochilib, surishtiruv tergov harakatlari boshlansa,  ishni boshida turgan oddiy yo‘l uchastkasi boshlig‘i emas, undanam "teparoq"dagi oyog‘i yerdan uzilgan "vallomat"larga borib taqalishi mumkin. Jimlik shungamikan?

Nima bo‘lganda ham mazkur masala bo‘yicha Bosh prokuror nomiga albatta deputatlik so‘rovi kiritamiz va nima uchun qonunlar ikki xil standartda qo‘llanilayotganiga tushuntirish so‘raymiz", deydi deputat.

Qonunlarimizga ishonib, tenglik ustuvor, deb o‘zimizni ishontirib yurgan biz va jamoatchilik tushunmayotgan yana  nimadir bordir. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан