Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘qonda choyxonadagi otishmadan keyin 25 kishi qamoqqa olindi (foto)
15.02.2020 16:11,  
2592

Qo‘qonda choyxonada janjallashgan erkak bir necha kishini ov miltig‘i bilan jarohatlagani haqida xabar berilgandi. Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmatining xabariga ko‘ra, 25 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzida ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Xabarlarga ko‘ra, 6 fevralga o‘tar kechasi soat taxminan 00:50 larda Qo‘qon shahar tibbiyot birlashmasidan IIBga shoshilinch xabar kelib tushgan. Unga ko‘ra 25 yoshli M.B., 28 yoshli Q.A. hamda 31 yoshli J.Sh. tanasining turli sohalarida sochma o‘qdan kelib chiqqan tan jarohatlari bilan murojaat qilganliklari aniqlangan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Shu kuni soat 00:10 larda M.B., K.A., va J.Sh. Qo‘qon shahrida joylashgan “Shedevr” choyxonasiga kelganlarida shu yerda bo‘lgan 27 yoshli A.U. va uning sheriklari bilan o‘zaro janjallashib qolgan. A.U.ning yonida bo‘lgan tanishi 27 yoshli Z.M. tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tmagan “IJ-18” rusumli qirqma miltig‘i bilan B.M, A.Q va Sh.J.ga qarata ikki marotaba o‘q uzib, tan jarohati yetkazib hodisa joyidan yashiringan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismining tegishli bandlari (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd” va 277-moddasi (Bezorilik) bilan prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 30 nafar shaxsga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi tanlangan.
Jinoyat ishi bo‘yicha olib borilayotgan dastlabki tergov harakatlari va olingan tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, Ichki ishlar boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmati hamda prokuratura organlari xodimlari tomonidan hamkorlikda 14 fevral kuni Qo‘qon shahrida shartli nom ostida o‘tkazilgan “Tong” tadbiri davomida ishga aloqador bo‘lishi mumkin bo‘lgan 25 nafar shaxs aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy qamoq qo‘llanilgan va ularni ushbu hamda boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Eslatib o‘tamiz, 11 fevral kuni Ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Muhiddin Jo‘rayev Qo‘qon shahar IIB boshlig‘i etib tayinlangandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан