Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘qonda departament xodimi yuziga balloncha bilan gaz sepgan dollarfurush ushlandi
6.12.2019 12:26,  
511

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentining Farg‘ona viloyati boshqarmasi tomonidan Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro X.M. (1981 y.t.) qonunga xilof ravishda jami 4.200 AQSh dollarini 40,2 mln. so‘mga sotgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida fuqaro X.M. departament xodimi M.A.ning ko‘z sohasiga gaz balloncha bilan gaz sepib, unga tan jarohati yetkazib, hodisa joyida yashiringan.

Mazkur holat yuzasidan 05.12.2019 yilda Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan JKning 219-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан