Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘qonda ko‘chalarni isiriq bilan dezinfeksiya qilish hazil ekanligi aytildi (video)
19.08.2020 13:46,  
163

2020 yil 18 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahri ko‘chalarida isiriq bilan dezinfeksiya qilinayotgani aks etgan videolar tarqaldi.

Holat yuzasidan Qo‘qon shahar hokimligi axborot xizmati qo‘yidagilarni ma’lum qildi:

"Qo‘qon shahar «Toza hudud» DUK tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, korxona xodimlari shahar va shahar atrofidagi maishiy chiqindilarni yig‘ib olishlari davomida maishiy chiqindilar bilan birga olingan cho‘g‘langan isiriq qoldiqlarini o‘chirish maqsadida avtomashina harakatlanayotganda bir-biriga hazil qilib, o‘ynashib, o‘zlarini ko‘rsatish uchun isiriq to‘liq yonib tugaguncha yo‘l-yo‘lakay tutatib ketishgan. Ularning bu xatti-harakatlari shaharda olib borilayotgan koronavirusga qarshi dezinfeksiya ishlari bilan bog‘liq emas.

 

Qo‘qon shahar hokimligi yoki boshqa mutasaddilar tomonidan mazkur holat bo‘yicha hech qanday ko‘rsatma berilmagan" - deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан