Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘qonda psixatrop va giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo‘yildi
13.03.2021 16:39,  
104

Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro B.R. maxsus xaridorga 4.500 AQSh dollari evaziga polietilen paketga o‘ralgan “Opiy” giyohvandlik moddasini sotayotgan vaqtida qo‘lga olindi. Ushbu fuqarodan 150 gramm opiy giyohvandlik moddasi, 4.500 AQSh dollari va bir dona elektron tarozi daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida olib qo‘yildi.

Shuningdek, tezkor tadbir davomida Milliy gvardiya va Qo‘qon shahar IIO xodimlari tomonidan Qo‘qon shahrida yashovchi 1989 yilda tug‘ilgan fuqaro N.O. boshqaruvidagi davlat raqami 40 732 TTL bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilganda uning salonidan 16 dona “TROPIKAMID” nomli psixotrop vositalari aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi internet nashri xabar bermoqda.

Hozirda ikkala holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан