Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qo‘qonlik deputatga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
1.04.2020 11:03,  
1041

2020 yil 28 mart kuni Qo‘qon shahar, A.T.Xuqandiy mavzesida yashovchi X.N. (xususiy korxona rahbari, Xalq deputatlari Qo‘qon shahar kengashi deputati) Respublika Maxsus komissiyasining karantin qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani aniqlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limining xabar berishicha, deputat “Telegram” ijtimoiy tarmog‘ida ochilgan guruh a’zolariga Qo‘qon shahrida 2 nafar shaxsda “Koronavirus” kasalligi aniqlanganligi va ular karantinga olinganligi haqida jonli tarzda audio yozuvi orqali haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan uydirma va yolg‘on ma’lumotlarni tarqatgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan 31.03.2020 yil kuni X.N.ga nisbatan JKning 244-5-moddasi (Karantinli va inson uchun xavfli bo‘lgan boshqa yuqumli kasalliklar tarqalishi haqida haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlarni tarqatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан