Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






"Qorabog‘" va "Dyudelanj" matchida maydonga Armanistonnikiga o‘xshab ketuvchi bayroq osilgan dron uchib keldi
4.10.2019 15:57,  
250

Ozarbayjon futbol assotsiatsiyasi Yevropa futbol assotsiatsiyalari birligiga (UYeFA) shikoyat bilan chiqdi.

Shikoyat Yevropa ligasi doirasida Ozarbayjonning "Qorabog‘" va Lyuksemburgning "Dyudelanj" futbol klublari matchida yuzaga kelgan noxush vaziyat bilan bog‘liq.

Gap shundaki, o‘yin paytida maydonga Ozarbayjon va Armaniston orasida bahsli hudud bo‘lgan Tog‘li Qorabog‘ning Armanistonnikiga o‘xshab ketuvchi bayrog‘i osilgan dron uchib keldi.

Bundan g‘azablangan "Qorabog‘" futbolchilari dronni to‘p bilan urib tushirishga harakat qilishdi. Tartibsizlik boshlandi. Ozarbayjon muxlislari ham bunga qo‘shilishdi. Natijada o‘yin 20 daqiqaga to‘xtatildi.

O‘yin "Qorabog‘"ning 4:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

"Men sportdagi bunday ishlarga qarshiman. Lekin bu birinchi marta bo‘layotgani yo‘q. Bunday provakatsiya qo‘rqoqlikdan o‘zga narsa emas", dedi "Qorabog‘" bosh murabbiyi Gurban Gurbanov.

Lyuksemburg sport vaziri Den Kersh ham "Qorabog‘" va uning muxlislaridan mamlakat hukumati nomidan uzr so‘radi.

"Futbol — o‘zaro harmat va tenglik o‘yini. Kimlardir bundan provakatsiya maqsadida foydalanmoqda. UYeFA bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazib, kerakli qarorlarni qabul qiladi, deb hisoblaymiz", deyiladi Ozarbayjon futbol assotsiatsiyasi shikoyat xatida.

Ma’lumot uchun, tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasining bayrog‘i Armaniston bayrog‘i asosida ishlangan bo‘lib, oq naqsh bilan ajralib turadi.

Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ bayrog‘i
Armaniston bayrog‘i

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан