Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonga yuz nafar farg‘onalik chorvador fermer yuborildi
7.01.2018 13:17,  
6

Farg‘ona viloyati hokimi Shuhrat G‘aniyev viloyatdagi chorvachilik fermer xo‘jaliklaridan 100 tasi rahbarini chorvadorlik qilish uchun Qoraqalpog‘istonga yubordi. Bu haqda farg‘onalik manbamiz xabar qildi.

Qoraqalpog‘iston tomonidan Sh.G‘aniyevga farg‘onalik chorvador fermer xo‘jaliklarini hududda faoliyat ko‘rsatishi uchun 10 ming gektar yer ajratgani xabar qilinmoqda. Fermerlarning bir qismi 5 yanvar kuni Qoraqalpog‘istonga samolyotda yo‘l oldi.

Qoraqalpog‘istonda har bir mehmon fermerga 100 gektardan yer ajratiladi va o‘sha yerda chorvachilik hamda dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Farg‘ona viloyatiga 10 ming gektar, Andijon viloyatiga 5 ming gektar yer ajratilgan. Viloyat rahbarlarining aytishicha, yerlar fermerlarga hech kanday to‘lovlarsiz beriladi.

Farg‘ona viloyat hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, Qoraqalpog‘istonga borib chorvachilik qiladigan fermerlarga 6% kredit va’da qilingan. Bu anchayin foizi past kredit sanaladi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан