Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonlik ayol eri tomonidan vahshiylarcha o‘ldirildi
19.08.2019 18:37,  
92

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanida Hayit bayrami kuni mudhish qotillik sodir etildi, deb xabar beradi «KRuz.uz».

11 avgustdan 12 avgustga o‘tar kechasi soat 00:20 larda Xo‘jayli tumani «Mustaqillik» OFY hududida yashovchi fuqaro A.Q. turmush o‘rtog‘i 1994 yilda tug‘ilgan M.Q. bilan uyida o‘zaro oilaviy janjallashib qolib, rashk oqibatida, qasddan o‘ldirish maqsadida turmush o‘rtog‘i M.Q. uxlash uchun yotoqxonasiga kirib, uyquga ketgan vaqtda, yotoqxonaga kirib, oshxona pichog‘i bilan uning ko‘krak qafasiga va tanasining boshqa joylariga bir necha marta qasddan urgan.

Marhum yaqinlarining so‘zlariga ko‘ra, u Xo‘jayli tumanidagi kasalxonaga soat 24:00 atrofida olib kelingan vaqtda ham hali tirik bo‘lgan. M.Q. tanasining 19 joyiga o‘tkir tig‘li pichoq bilan zarba berilgan. Shifokorlarning harakatlariga qaramasdan M.Q. tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish jarayonida oshxona pichog‘i ashyoviy dalil tariqasida olinib, marhum M.Q.ning o‘limi sabablarini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

Mazkur holat yuzasidan shu yilning 12 avgust kuni Xo‘jayli tumani prokuraturasi tomonidan fuqaro A.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumon qilinuvchi tariqasida ushlandi.

Jinoyat ishining tergovi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Ma’lumot uchun, A.Q. va M.Qning ikki nafar, 4 yashar va 1 yosh-u 4 oylik qiz farzandlari bor, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан