Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘iston prokuraturasi binosida yong‘in yuz berdi
1.09.2021 19:56,  
66

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi binosi 3-qavatining balkonida 1 sentyabr kuni soat 14:30 larda yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda prokuratura matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, yong‘in bo‘yicha kelib tushgan xabarga ko‘ra Nukus shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib kelib, yong‘in qisqa vaqtda bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida balkondagi shiftning 4 kvadrat metri zararlangan. Hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan.

Yong‘inning kelib chiqishiga elektr simining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Sodir bo‘lgan holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан