Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘iston rahbari va Surxondaryo viloyati hokimi koronavirusga chalingani ma’lum bo‘ldi
18.07.2020 20:28,  
478

Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi raisi Musa Yerniyazov hamda Surxondaryo viloyat hokimi To‘ra Bobolov COVID-19 koronavirusi infeksiyasini yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Xabar qilinishicha, 73 yoshli Musa Erniyazov Nukus shahrida, 50 yoshli To‘ra Bobolov esa Toshkent shahrida davolanmoqda. Vazirlik ularning ahvolini barqaror deb baholamoqda.

Kuni kecha Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov boshchiligidagi bir guruh soha vakillari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurgan. U yerdagi mavjud holatni o‘rgangan vazir, Musa Erniyazov va To‘ra Bobolov masalalariga ham to‘xtalgan.

Tashrif davomida xorijlik va mahalliy mutaxassislar va olimlar ishtirokida videokonferensiya tashkil etilgan. Unda Yevropa anesteziya va intensiv terapiya jamiyatining prezidenti, Frankfurt universiteti klinikasidagi Anesteziya, intensiv terapiya va kasalliklarni davolash klinikasi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Kay Zaxarovskiy, Frankfurt universiteti klinikasining anesteziologiya, intensiv terapiya va shoshilinch tibbiyot yo‘nalishidagi mutaxassisi, tibbiyot fanlari doktori Xolger Neb ishtirok etgan.

 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан