Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Rais saylandi
2.10.2020 15:18,  
1226

Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasi boshlandi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishni Jo‘qorg‘i Kenges Raisining o‘rinbosari Atabek Davletov ochdi. Sessiyaning kotibiyati saylanib, kun tartibi tasdiqlandi, Oqsoqollar kengashi va Hisob-sanoq komissiyasi tarkibi tuzildi.

Oqsoqollar kengashining qaroriga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kenges Raisi lavozimiga Kamalov Murat Qallibekovich nomzodi tavsiya etildi.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida koronavirus pandemiyasi butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizga ham yo‘qotishlar olib kelgani, lekin hayot davom etishi, shu sharoitga munosib bo‘lib, to‘g‘ri yo‘l topish zarurligini ta’kidladi.

- Bugun qoraqalpoq elini, tuprog‘ini, imkoniyatlarini yaxshi bilgan, xalq tanigan, turli masalalarni hal qila oladigan yetakchini saylab olishimiz kerak. Berdaq bobomizning dono so‘zlari bilan aytganda:

Xalqning g‘amini o‘ylagan 
Yurt g‘amxo‘ri kerak menga, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident hozirgi murakkab paytda rahbar bo‘lish oson emasligini, Qoraqalpog‘istonni rivojlantirish bo‘yicha boshlangan ishlar 2-3 karra ko‘paytirib davom ettirilishini ta’kidladi.

- Murat Kamalovni ko‘p yillardan beri taniyman, - dedi Prezident. - U avvalo halol odam, vatanparvar odam. Qayerda ishlagan bo‘lmasin, qoraqalpoq elining dardi bilan yashaganiga guvohman. Eng asosiysi shu. Boshqasi tajriba bilan keladi. U otasi Qallibek Kamalov, marhum Musa Yerniyazov ishlarini davom ettirib, xalqni rozi qiladi, deb ishonaman.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Murat Kamalovning insoniy fazilatlari, fidoyiligi va rahbarlik qobiliyatini hisobga olib, uning nomzodiga o‘z roziligini bildirdi.

Murat Kamalov

Jo‘qorg‘i Kenges deputatlari, jamoatchilik vakillari so‘zga chiqib, nomzodni qo‘llab-quvvatladi. Yashirin ovoz berish yo‘li bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi lavozimiga Murat Kamalov saylandi.

Ta’kidlash joiz, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining 80-moddasiga muvofiq, Jo‘qorg‘i Kengesning Raisi Qoraqalpog‘iston Respublikasi rahbari va eng yuqori lavozimli shaxsidir. Jo‘qorg‘i Kenges Raisi ayni organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining roziligi bilan hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo‘li bilan Jo‘qorg‘i Kengesning vakolati muddatiga saylanadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан