Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, IIV bilan hamkorlikda yer resurslarini talon-toroj qilinishining oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda
22.04.2022 20:00,  
46

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, IIV bilan hamkorlikda yer resurslarini talon-toroj qilinishining oldini olish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, 2022 yil 18 aprel kuni  fuqaro K.T. ariza bilan murojaat qilib, Nukus shahrida yashovchi Ye.P. “Allaniyaz qahraman” mahallasi hududidan 73 sotix issiqxona qurish uchun mo‘ljallangan qora yer maydonidan 9 sotix yer maydonini 170 mln. so‘m evaziga sotmoqchiligini va Respublikada kadastr agentligida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib berishga ishontirib, pullarni talab qilayotganligini bildirgan.

Mazkur arizaga asosan, o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Ye.P. arizachi K.T. dan talab qilgan 170 mln. so‘mning  80 mln. so‘mini “Allaniyaz qahraman” mahallasi hududida olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Aniqlanishicha, Ye.P.ga bu yer maydoni 15.06.2016 yilda Nukus shahar hokimining qarori bilan issiqxona qurish uchun ajratilgan, biroq issiqxona qurmasdan jami 6000 kv.m yer maydonini 4,5 sotixdan bo‘lib sotib yuborgan. 

Yuqoridagi holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан