Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘iston va Jizzaxda ikki nafar bemor koronavirusdan vafot etdi
25.07.2020 17:20,  
281

Sog‘liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limining xabar berishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashagan 49 yoshli Ye.Q. (erkak) 15-19 iyul kunlari Respublika ichki ishlar vazirligi gospitalida davolangan. Unda “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi asoratlari bilan kechgan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Shuningdek, Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumanida yashagan 58 yoshli A.M. (ayol)da “COVID-19” infeksiyasi tasdiqlangach, viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan. 

Unga “COVID-19” infeksiyasining o‘ta og‘ir kechishi, ikki tomonlama pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. Xastalik o‘tkir nafas yetishmovchiligi asorati bilan kechgan. 

Shuningdek, yurak ishemik kasalligi, stenokardiya, qandli diabet hamroh kasalliklar bilan ham og‘rigan.

Shifoxonada bemorning davolanishi davomida shifokorlar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar qilingan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Biroq shifokorlar tomonidan standartlar asosida o‘tkazilgan reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemorning ahvoli keskin og‘irlashib, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан