Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida 2022 yil 1 aprelidan boshlab maktablardagi 1—4-sinf o‘quvchilarini bepul ovqat bilan ta’minlash tizimi joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyevning «Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida«gi farmonida belgilab qo‘yilgan.
Qayd etilishicha, tajriba-sinov tariqasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilari Davlat byudjeti hisobidan bepul nonushta yoki tushlik bilan ta’minlanadi. Loyihaga ajratiladigan mablag‘lar sarflanishi ustidan kuchli jamoatchilik nazoratini o‘rnatiladi. Korrupsiyaviy omillarning oldini olish bo‘yicha aniq mexanizmlar o‘rnatiladi.