Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda YPX xodimlari xizmat mashinalari bilan yo‘lni to‘sib, yuk mashinasini to‘xtatishga urinayotgani videosiga izoh berildi
20.11.2019 11:31,  
3086

Ellikqal’a tumani hokimligi joriy yilning 19 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda notug‘ri talqin qilinayotgan videoga oydinlik kiritdi.

Hindistonning “PANORAMA STUDIOS PVT. LTD” kinokompaniyasi tomonidan O‘zbekistonda “O‘zbekkino” Milliy agentligi bilan “Khuda Haafiz” nomli filmni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumani hududida suratga olish ishlari olib borilmoqda.

"Shunga asosan, joriy yilning 19 noyabr kuni film ijodkorlari tomonidan Beruniy tumani bilan chegaradosh hududda kino suratga olish uchun moslashtirilgan maxsus avtomobillarda tasvirga olish jarayonlari bo‘lib o‘tganligini ma’lum qilamiz" deyiladi hokimlik bayonotida.

Tarmoqda tarqalgan videoda YPX xodimlari xizmat mashinalari bilan yo‘lni to‘sib, yuk mashinasini to‘xtatishga urinayotgani, yuk mashinasi esa YPX avtomobillarini urib-sochib tashlab, o‘z yo‘lida davom etayotgani tasvirlangan edi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан