Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda 137 ta yangi qush turi aniqlandi (foto)
9.01.2020 22:58,  
2819

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti olimlari Qoraqalpog‘istonda qushlarning 137 ta yangi turini aniqladi. Bu haqda milliy axborot agentlik xabar bermoqda.

Biologiya fanlari doktori Sveta Mambetullayevaning ta’kidlashicha, Orolbo‘yi mintaqasida avval uchramagan “begunok”, “sharq klushasi” (vostochnaya klusha), uzun dumli chittak (dlinnaxvostaya sinitsa), kichik baliqchi qush (malaya chayka), Katta chittak (bolshaya sinitsa), kichik chipor qizilishton (maliy pyostriy dyatel), kul rang kaklik (seraya kuropatka), snegir kabi yangi qush turlari paydo bo‘lgan.

Keyingi paytlarda Qoraqalpog‘iston hududidagi ko‘llarga flamingo qushlari ko‘payish uchun ham kela boshladi. Jumladan, Mo‘ynoq qo‘ltig‘idagi ko‘llar tizimi bo‘lgan Sudoche, Sariqamish, Jaltirbas, Shegeko‘l kabi ko‘llar flamingolarning ko‘payishi uchun nihoyatda qulay joylar hisoblanadi.

Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘iston hududida hisobga olingan 40 ta qush turi O‘zbekiston Respublikasining “Qizil kitobi”ga kiritilgan.

Yaqin vaqtlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 885 ming gektar maydonga ega bo‘lgan yangi 4 ta – Sudoche ko‘li tizimi (84,7 ming ga.), Aqpetkey (58,8 ming ga.), Beltau (188,3 ming ga.), Mejdureche Aqdaryo – Qazaqdaryo (22,2 ming ga.) buyurtmaxonalari tashkil qilinishi bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Ushbu buyurtmaxonalar bioxilma-xillikning yanada rivojlanishiga keng imkon yaratadi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан