Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda 25 yoshli fuqaro mast holatda “Spark” olib qochdi
20.05.2021 17:36,  
57

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2021 yilning 18 may kuni soat 00:20 da noma’lum shaxs To‘rtko‘l tumani «G‘alaba» mahallasi hududida eshiklar ochiq holatda qarovsiz qoldirilgan 23 yoshli R.Kosimboyga tegishli “Spark” rusumli transport vositasini olib qochib, ushbu transport vositasini To‘rtko‘l tumani «Paxtachi» OFY hududida qoldirib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari jarayonida ushbu jinoyatni 25 yoshli K.Azamat mast holatda sodir etganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан