Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda kelgusi 3 yilga mo‘ljallangan o‘nta ustuvor yo‘nalish belgilandi
2.10.2020 17:41,  
122

Avval xabar qilganimizdek, Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sakkizinchi sessiyasi boshlandi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga Rais saylandi

Qoraqalpog‘istondagi ayrim tadbirkorlik sub’yektlari 3 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘i ozod etiladi – Prezident

Har bir tuman va shaharni jadal rivojlantirishga kuchli turtki berish, muammolarni tezkor hal etish uchun ularga vazirlar va banklar biriktirildi.

Yig‘ilishda kelgusi 3 yilga mo‘ljallangan o‘nta ustuvor yo‘nalish belgilandi.

Birinchisi – tumanlar va mahallalarni jadal rivojlantirish, ikkinchisi – aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘lsa, uchinchisi doirasida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Orol muammosining salbiy ta’sirini yumshatish sa’y-harakatlari to‘rtinchi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi.

Beshinchisi etib xizmat ko‘rsatish sohasi salohiyatini to‘liq ishga solish, oltinchisi o‘laroq qishloq xo‘jaligini rivojlantirish vazifasi qo‘yildi. Yettinchidan, aholini uy-joy bilan ta’minlash borasida ishlar tashkil qilinsa, sakkizinchidan ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishga e’tibor qaratiladi.

To‘qqizinchi ustuvor yo‘nalish etib yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lsa, o‘ninchisi doirasida jinoyatchilikning oldini olish masalalari yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Prezident mamlakatimiz yigit-qizlarini mazkur hudud hayoti bilan tanishtirish maqsadida kelgusi yili Qoraqalpog‘istonda Yoshlar festivali tashkil etish taklifini bildirdi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан