Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni ortgan
20.06.2021 08:20,  
128

Bu haqida 2021 yil 18 iyun kuni Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘shma majlisida ma’lumot berildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasida korrupsion va mansabdor shaxslar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 2020 yilda 90 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2021 yilning atigi 5 oyi davomida 97 tani tashkil qilib, o‘tgan yilga nisbatan 2 barobarga oshgan.

Qayd etish joizki, 2020 yilda (2021 yilning 5 oyi davomida) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 54 (92) nafar turli darajadagi mansabdor shaxs, 17 (20) nafar soha xodimi, 31 (13) nafar fuqaro korrupsiya bilan bog‘liq turli jinoyatlarni sodir etganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Majlisda idoralar faoliyatining moliyaviy natijalarini ochib beradigan, korrupsiyaga qarshi choralarni oshkor etishni ta’minlaydigan mexanizmlarni joriy etish bo‘yicha ichki nazorat va ichki auditni yo‘lga qo‘yishni ta’minlash, davlat organlari xodimlari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish kabi ta’sirchan chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан