Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda psixotrop dorilar savdosiga chek qo‘yildi
20.05.2020 15:40,  
135

18 may, dushanba kuni “Qora dori-2020” tadbir davomida, To‘rtko‘l tumani “Miskin YPX” blok postida J.B. boshqaruvidagi “Cobalt” avtomashinasi ko‘zdan kechirilganida, 446 dona “Tropikamid” dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda Tergov departamenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, avtomombil yo‘lovchisi S.N. o‘z ko‘rsatmalarida, ushbu 446 dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi fuqaro Sh.A.,ga tegishli ekanligi, u o‘z yashash uyida “Tramadol” psixotrop moddasini saqlayotganligi haqida bayon qilgan.

Holat yuzasidan To‘rtko‘l tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2511-moddasi 3-qismi (Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha Sh.A.,ning Sh.Rashidov ko‘chasidagi yashash xonadonida o‘tkazilgan tintuv tergov harakati davomida 3 (uch) dona “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi moddasi va oq rangli paketda 248 o‘ramdagi 2 ming 480 dona “Tramadol Lannaxer Tramadol 50 mg” vositasi, qora rangli paketga o‘ralib, skochlangan holatda saqlanayotgan jami 236 dona “Regapen” vositasi hamda jami 50.000 so‘m pullar borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentyabrdagi 818-sonli Qarorning 1-ilovasiga ko‘ra “Tropikamid” dori vositasi kuchli ta’sir qiluvchi modda sifatida ko‘rsatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан