Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda Shixi Jalil ziyoratgohida 19 yoshli yigit tepalikdan tushib ketdi.(video) 4 kun avval bir qiz ham jarohatlangan
13.04.2021 08:51,  
899

Ijtimoiy tarmoqlarda «Qoraqalpog‘istonda Shixi Jalil ziyoratgohida bir fuqaro tepalikdan pastga yiqildi» sarlavhasi bilan video tarqaldi. 

"Xalq so‘zi" nashri mazkur holat yuzasidan surishtiruv o‘tkazdi. Aniqlanishicha, ushbu holat 2021 yilning 11 aprel kuni sodir bo‘lgan. 

— Haqiqatan ham 11 aprel kuni soat 13:10 da o‘sha ziyoratgoh hududiga chaquruv bo‘lgan, — deydi tez-tibbiy yordam dispetcheri G‘ulomjon Bobotayev. — Tibbiy yordam brigadasi 13:45 da yetib borgan va bemor, ya’ni tog‘dan yiqilib tushgan 2002 yilda tug‘ilgan V.I.ga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Yigit Xorazm viloyatidan tashrif buyurgan ziyoratchi bo‘lgan va tibbiy ko‘rik paytida shifokor bilan gaplashgan. Shifoxonaga bormasligini va hamrohlari bilan birgalikda ketishini, o‘zlarining hududiy shifoxonasiga ketishini aytgan. 

Afsuski, ushbu hududga kelgan ayrim ziyoratchilarning ehtiyotsizligi oqibatida ana shunday holatlar ham yuz berib turibdi, deydi «Shayx Jalil bobo» ziyoratgohi mas’ul xodimi Maxsutboy Yakubov. — Kechagi holat biz qur’on tilovat qiladigan hududdan sal olisroqda sodir bo‘lganligi tufayli biz keyinroq xabar topdik. Guvohlarning aytishicha, o‘sha holat yuz bergan hududda bir necha yosh yigit tosh ustiga chiqib va undan sakragan holatlarini qo‘l telefonlariga suratga olib turgan bo‘lgan. Yiqilgan yigit ham ana shunday harakatlari va ehtiyotsizlik oqibatida yiqilgan bo‘lishi ham mumkin. Shu o‘rinda ushbu hududning mas’ul xodimi sifatida ziyoratga tashrif buyuruvchilar va ularga rahbarlik qilib keluvchilarga: bu joy turli xil qiliqlar ko‘rsatib, selfiga tushadigan manzil emasligini uqtirib qo‘ymoqchi edim. Bu ziyoratgoh! Unga kelib ketishda tartib qoidalarga amal qilsalar va tog‘ga chiqish va tushishda xavfsizlik qoidalariga amal qilsalar, bu kabi xunik holatlarning oldini olgan bo‘lar edik.

Ma’lumot uchun, bundan 4 kun oldin ham bir yosh qiz shu tog‘ga chiqish va tushishda ehtiyotsizligi oqibatida jarohat olgan. Uni ziyoratgoh mas’uli Amudaryo tumani shifoxonasiga olib borgan va unga ham tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан