Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






Qoraqalpog‘istonda Tibbiyot instituti va klinikasi tashkil etiladi
15.02.2020 10:39,  
109

“Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutini tashkil etish to‘g‘risida“ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorda aytilishicha, Orolbo‘yi mintaqasi uchun tibbiyot sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish, hudud aholisiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati va ko‘lamini oshirish, tibbiy amaliyotning ta’lim va ilm-fan bilan o‘zaro mustahkam integratsiyasini ta’minlash, sohadagi ilg‘or yutuq va innovatsiyalarni davolash-tashxis jarayoniga joriy etish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filiali negizida Qoraqalpog‘iston tibbiyot institutini va Institut klinikasini tashkil etishga rozilik berilgan.

Shuningdek, Institut Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Nukus filialining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi va unga qabul har yili belgilanadigan O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari doirasida amalga oshiriladi.

Institut klinikasi muassisi Institut hisoblanadi hamda uning faoliyati Institut tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Institut va Institut klinikasi – yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, tegishlicha davlat oliy ta’lim muassasasi va davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisob varaqlariga, bank hisob varaqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank hisob varaqlariga ega bo‘ladi.

Institut klinikasi bosh shifokori yashirin ovoz berish yo‘li orqali Institut ilmiy kengashining taqdimnomasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.

Institut klinikasi faoliyati:

Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan tashxis qo‘yish (diagnostika) va davolash standartlariga rioya qilgan holda imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va Davlat byudjeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash, shuningdek, aholiga pullik asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;

shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joylashtirish;

respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan qoidalar asosida tashkil etiladi.

Institut klinikasi quyidagi huquqlarga ega:

o‘ziga biriktirilgan davlat mulkidan samarali foydalanish va uni boshqarish bo‘yicha ishlarni tashkil etish hamda amalga oshirish;

Institut bilan kelishilgan holda lavozimlar ro‘yxati va sonini ishlab chiqish va tasdiqlash;

xodimlar mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish shartlarini bajariladigan ishlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga nisbatan tabaqalashtirilgan tarzda belgilash". 

Qarorning to‘liq matni bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin. 

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан