Валюта курси: Ўз.Р.Марказий банки
USD
АҚШ доллари
EUR
Eвро
RUB
Россия рубли
Sayt test rejimida ishlayapti!!!

Сўнгги янгиликлар






To‘rt vazirga hayfsan berildi
23.11.2021 13:52,  
827

Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining farmoyishi bilan 4 nafar vazirga hayfsan berildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Zohidjon Ziyadullayev, Sog‘liqni saqlash vaziri Murad Qurbanov, Maktabgacha ta’limi vaziri Jumagul Usnatdinova, Xalq ta’limi vaziri Rustem Reyimovga ushbu jazo chorasi berilgan.

Ular O‘zbekiston prezidenti hujjatlari hamda topshiriqlarining bajarilishini tashkil qilish, hujjatlar bilan ishlash, ijro intizomini nazorat qilish, topshiriqlar ijrosini ta’minlashda yuzaga kelgan muammoli masalalarni hal etish yuzasidan o‘z vaqtida zarur choralar ko‘rmagan.

Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Timur Bayekeyevga nisbatan 2021 yil iyulidagi hayfsan e’lon qilingani inobatga olinib, o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima jazosi qo‘llanilgan.

Bundan tashqari, Vazirlar Kengashi raisining kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ernazar Atashovga hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Baxitjan Xabibullayevga nisbatan, Nukus shahar hokimi Utemurat Panayev, Bo‘zatov tumani hokimi Mahmud Qaypanov va Taxiatosh tumani hokimi Ilhom Matkarimovga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi nomiga taklif kiritilgan.

Tavsiya etamiz






Tavsiya etamiz

Ҳар доим хабардор бўлинг!

carzone.uz мобил иловаларини кўчириб олинг ва барча янгиликлар сиз билан